eeDebt

Do'koningizning
nasiya daftarini raqamlashtiring

Mijozlar, qarzlar, to'lovlar, kirim-chiqim, Telegram va SMS eslatmalar — hammasi bir tizimda. Bepul boshlang, kerak bo'lsa PRO ga o'ting.

Hamma narsa bir tizimda

Do'koningizni va mijozlaringizning qarzlarini nazoratda saqlash uchun zarur vositalar

👥

Mijozlar va nasiya

Har bir mijozning nasiyaga olgan mollari, to'lov tarixi va qoldiq qarzi bir joyda.

📒

Qarzlar boshqaruvi

Yangi qarz yozish, qisman to'lovlarni qayd qilish, muddati o'tganlarni avtomatik kuzatish.

💰

Kirim-chiqim hisobi

Kassa, karta va valyutalar bo'yicha do'koningizning o'z moliyaviy hisobi.

🔔

Telegram va SMS eslatmalar

Mijozga va xodimga qarz muddati yaqinlashganda avtomatik eslatma boradi.

🏪

Filiallar va xodimlar

Bir nechta filial, xodimlar uchun rollar: egasi, menejer, kassir.

Qarzdor ishonch reytingi

Mijozning boshqa do'konlardagi to'lov tarixi asosida ishonch bali (roziligi bilan).

Bugun boshlang

30 soniyada ro'yxatdan o'ting va birinchi mijozingizni qo'shing.

Akkaunt yaratish →

Do'kondan nasiya olgan haridormisiz? Qarzingizni shu yerda bilib oling →